Ulashilgan media uchun tezkor aylantirish va taqvim, qoʻshilish soʻrovlari, iOS uchun global rangli mavzular va boshqa yangiliklar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Ulashilgan media uchun tezkor aylantirish va taqvim, qoʻshilish soʻrovlari, iOS uchun global rangli mavzular va boshqa yangiliklar bilan tanishing

Bugungi yangilanishda tezkor aylantirish va taqvim bilan ulashilgan mediada xotiralarni topishning yangi usullari, taklif havolalari uchun admin tasdiqlovi sozlamasi, butun ilova uchun global chat mavzulari va boshqalar yangiliklar taqdim etiladi.

Ulashilgan media uchun tezkor aylantirish va taqvim

Har bir Telegram foydalanuvchisi cheklanmagan bulut xotirasiga ega, har bir chat esa u yerga yuborilgan rasm, video, musiqa va fayllarni koʻrsatadigan Ulashilgan mediaga ega. Sahifaning yon tomonida yangi sana paneli qoʻshildi. Ulashilgan mediani tezroq aylantirish uchun uni tepaga va pastga tortishingiz mumkin.

Har bir qatorda nechta obyekt aks etishini ham tanlashingiz mumkin. Buning uchun roʻyxatda 2 ta barmoq bilan chimding yoki yoying.

Ulashilgan media uchun taqvim

Muayyan vaqtdan mediani tezda topish uchun sana panelini bosib, har bir kun uchun media eskizlariga ega taqvim interfeysini oching, keyin biror kunni bosib, oʻsha kundan barcha medialarni koʻring.

Ulashilgan media uchun taqvim

Oʻtmish bilan hozirgi kun oʻrtasida almashishning yangi vositalari bilan birga, endi faqat rasmlar, faqat videolar yoki har ikkalasini koʻrsatish uchun ulashilgan mediani filtrlashingiz mumkin.

Filtr imkoniyatlariga ega yangi menyu

Ulashilgan mediani koʻrish uchun shunchaki istalgan chatda ekran yuqori qismini bosing va pastga aylantiring. Yangi menyuni ochish uchun Android qurilmalarida Menu Android belgisini yoki iOS qurilmalarida Menu iOS belgisini bosing.

Guruh va kanallar uchun qoʻshilish soʻrovlari

Taklif havolalari – bu doʻstlarning tor doirasi yoki tadbiringiz afishasidagi QR kod boʻlsin, guruh yoki kanalga yangi ishtirokchilarni chaqirishning qulay usulidir. Chatingiz uchun qoʻshimcha taklif havolalarini yaratganingizda, endi adminlarga kimlar qoʻshilishi mumkinligini koʻproq nazorat qilish imkonini beradigan yangi Admin tasdiqlashini soʻrash sozlamasi mavjud.

Biror foydalanuvchi admin tasdiqlovi yoqilgan havolani ochganida, u adminlar chat yuqori qismidan boshqarishi mumkin boʻlgan qoʻshilish soʻrovlari tugmasini koʻradi. Adminlar u yerdan arizachining ommaviy profil rasmi va tarjimayi holini koʻrishi va keyin soʻrovni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin.

Masalan, ijtimoiy tarmoqda shaxsiy blogingizga taklif havolasini post qilishingiz, keyin faqat doʻstlar va tanishlar arizalarini qabul qilishingiz mumkin.

Taklif havolalari uchun unikal nomlar

Qoʻshilish soʻrovlari rejimini guruh yoki kanalingiz sozlamalaridagi istalgan qoʻshimcha taklif havolasi uchun yoqishingiz mumkin. Taklif havolalarida adashmaslik uchun ularga guruh sozlamalarida adminlarga koʻrinadigan unikal nom berishingiz mumkin.

List of invite links with custom names visible only to admins

Havola nomlari ayniqsa davomiylik cheklovi, foydalanishlar soni va boshqa shu kabi taklif havolalari uchun mavjud boʻlgan turli imkoniyatlardan foydalanganingizda foydali.

iOS qurilmalarida global chat mavzulari

Oxirgi yangilanishimizda alohida chatlar uchun sozlash mumkin boʻlgan 8 ta yangi mavzu taqdim etilgan edi – endi ulardan iOS qurilmangizda (Android uchun tez orada qoʻshiladi) butun ilovada foydalanishingiz mumkin. Har bir mavzuning kunduzgi va tungi rejimlari mavjud, xabarlar pufakchalari uchun rangli gradiyentlar va oʻziga xos naqshga ega animatsiyali fonlar ishlatiladi. Mavzu tanlashni qulaylashtirish uchun koʻrinish sozlamalari boʻlimini qaytadan ishlab chiqdik.

Barcha mavzular kabi ushbu mavzularni moslashtirishingiz, ranglarni sozlashingiz va naqshni oʻzgartirishingiz mumkin. “Chat mavzulari” boʻlimida mavzuni tahrirlashingiz va ijodingizni boshqa foydalanuvchilarga ulashishingiz mumkin.

iOS qurilmalarida ulashilgan joylashuvlar uchun yoʻlga ketadigan vaqt

Biriktirmalar menyusi 📎 orqali aniq joylashuvingizni yuborish yoki uni real vaqt rejimida uzatishingiz mumkin. Joylashuvni bosish orqali xarita ochiladi – endi u belgilangan joygacha piyoda, avtomobilda yoki jamoat transportida qanday qilib tez borish mumkinligini koʻrsatadi. Marshrut tuzish yoki taksi chaqirish uchun vaqtni bosing va joylashuv boshqa ilovada ochiladi.

iOS qurilmalarida yangi yoʻlga ketadigan vaqt tugmalari

Yoʻlga ketadigan vaqt aniq joylashuv uchun ham, jonli joylashuv uchun ham ishlaydi – agar doʻstlaringiz siz tomonga harakatlansa yoki joylashuvini ulashsa, ular yetib kelishiga qancha vaqt ketishini bilasiz.

iOS uchun tezkor media izohlari

Siz xabar panelida yozadigan matn endi media biriktirganingizda avtomatik izohga aylanadi. Shunday ekan, hozirgina yozgan matningizni hech qachon qayta yozishingizga yoki qirqish va joylashingizga toʻgʻri kelmaydi. Bu bulutdagi qoralamalar uchun ham ishlaydi – yaʼni xabarni kompyuterda yozishingiz, keyin shunchaki telefoningizda rasm biriktirishingiz va ularni birgalikda yuborishingiz mumkin.

Keyingi yangilanishlarda Android ilovamizga suratlarga tezkor izoh qoʻshish va joylashuvlar uchun yoʻlga ketadigan vaqt qoʻshiladi.

iOS 15 uchun yangilangan sozlamalar boʻlimi

iOS sozlamalari iOS 15 uslubiga mos kelishi uchun qayta dizayn qilindi. Bildirishnomalar va stikerlar sozlamalari ravonroq, Qurilmalar boʻlimidagi faol seanslar esa yangi belgilar tufayli yaqqolroq koʻrinadigan boʻldi. Seansni bosish orqali tafsilotlarni koʻrish va uni masofaviy yakunlash mumkin.

Unutmang, qurilmangiz uchun aks ettiriladigan joylashuvlar faqat IP manzillarga asoslanadi. Bu maʼlumotlar har doim ham aniq boʻlmaydi, shunging uchun uxlayotganingizda noutbukingiz Islandiyaga safar qilsa, bundan ajablanmang.

Yangi interaktiv emojilar

Bu yangilanishda yangi interaktiv emojilar qoʻshildi. Istalgan shaxsiy chatda 👻 👎 🤮 😂 💸 yoki 🎃 emojisini yuboring, keyin butun ekran effektini ishga tushirish uchun ushbu emojini bosing.

Agar chatdagi suhbatdoshingiz ham chatni ochgan boʻlsa, har ikkalangiz ham bir vaqtda effektlarni koʻrasiz va tebranishlarni his qilasiz.

Avvalgi yangilanishimizdan bilganingizdek, ushbu effekt 🎆 🎉 🎈 👍 💩 va ❤️ uchun ham ishlaydi.

Qish yaqinlashmoqda, lekin keyingi yangilanishimiz yanada yaqinroq. Kuzatib boring!


2021-yil, 3-noyabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

그룹내 주제 기능, 수집가능한 사용자명, 영상 메시지 음성 텍스트 변환 등

오늘 업데이트에서는 대형 그룹에서 토론을 관리할 수 있는 주제기능, 블록체인에서 보호되는 새로운 형태의 수집 가능한 사용자명, 영상 메시지를 텍스트로 변환할 수 있는 옵션 등을 소개합니다.
5-noy, 2022

무한 반응, 이모지 상태 등

텔레그램의 [기존 업데이트는 맞춤형 움직이는 이모지를 만들기 위한 오픈 플랫폼을 추가하여 이모지에 혁명을 일으켰습니다. 이번 업데이트에서는 무한반응 및 이모지 상태를 통해 새로운 이모지를 사용하여 내 기분을 표현할 수 있는 다양한 방법을 제공합니다.
16-sen, 2022

텔레그램 이모지 플랫폼, 맞춤 움직이는 이모지, 텔레그램 프리미엄 선물하기 등

이번 여름, 텔레그램이 활성사용자 7억명을 돌파하며, 추가적인 독점 기능들에 접근 가능하고 누구나 텔레그램 발전지원을 할 수 있는 텔레그램 프리미엄을 소개했습니다. 오늘 업데이트에는 메시지와 자막에 사용가능한 텔레그램 이모지 플랫폼과 맞춤 움직이는…
12-avg, 2022

7억명 사용자와 텔레그램 프리미엄

텔레그램은 7억명 이상의 월 활성 사용자를 확보하며, 2022년도에 전 세계에서 다운로드 수가 많은 상위 5위 앱이 되었습니다. 이 성장은 온전히 개인 추천으로 이뤄냈습니다 - 아시다시피, 텔레그램은 유료 앱 홍보를 하지 않기 떄문입니다.
21-iyn, 2022