Bu Maxfiylik siyosati biz, Telegram Messenger Inc. (“Telegram”) bulutga asoslangan xabarlashuv (“Xizmatlar”) xizmatlarimizdan foydalanishingiz bilan bogʻliq holda siz bizga taqdim etgan yoki biz tomonimizdan boshqacha tarzda olingan yoki hosil qilingan shaxsiy maʼlumotlaringizdan qanday foydalanish va himoya qilishimizni belgilaydi. Mazkur Maxfiylik siyosati maqsadlarida “biz”, “bizning” va “bizniki” tushunchalari Telegramga taalluqli, “siz” esa sizga, Xizmatlarning foydalanuvchisiga taalluqli bo‘ladi.
Telegramda maʼlumotlar olish va ularni qayta ishlash borasida ikkita asosiy tamoyil mavjud:
Mazkur maxfiylik siyosati siz muvofiqlikda foydalanadigan shartlarni tavsiflaydigan Xizmat shartlarimizning bir qismi hisoblanadi va ular bilan https://telegram.org/tos manzilida tanishish mumkin. Shuning uchun mazkur Maxfiylik siyosatini ushbu shartlar bilan bir qatorda ko‘zdan kechirish kerak bo‘ladi.
Bu Maxfiylik siyosati quyidagilarni tushuntiradi:
• shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash uchun huquqiy asos;
• biz sizdan qanday shaxsiy maʼlumotlarni olishimiz mumkinligi;
• biz shaxsiy maʼlumotlaringiz xavfsizligini qanday tarzda taʼminlashimiz;
• biz shaxsiy maʼlumotlaringizdan qaysi maqsadlar uchun foydalanishimiz mumkinligi;
• shaxsiy maʼlumotlaringiz kimlarga uzatilishi mumkinligi; va
• shaxsiy maʼlumotlaringizga nisbatan huquqlaringiz.
Agar siz Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududi (YIHH) tarkibiga kiruvchi mamlakat hududida yashab kelayotgan bo‘lsangiz, Xizmatlar Telegram tomonidan taqdim etiladi, u maʼlumotlarni himoyalash to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik bilan muvofiqlik maqsadlarida Xizmatlarimizdan foydalanganingizda shaxsiy maʼlumotlaringiz uchun masʼul maʼlumotlar nazoratchisi hisoblanadi. Biroq Telegram YIHHdan tashqari joylashganligi uchun biz tomondan GDPRning 27-moddasiga muvofiq, vakilimiz sifatida uchinchi tomon Yevropa maʼlumotlarni himoyalash byurosi (EDPO) tayinlangan. Siz EDPOga GDPRga oid o‘z so‘rovlaringizdan istalganini:
Shaxsiy maʼlumotlaringiz qonuniy manfaatlarimizni taraqqiy ettirish uchun zarur bo‘lgan asoslarda qayta ishlanadi (jumladan: (1) foydalanuvchilarimizga samarali va innovatsion Xizmatlarni taqdim etish; va (2) biz tomondan Xizmatlarni taqdim etishda firibgarlik va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, oldini olish yoki boshqacha tarzda hal qilish), agar ushbu manfaatlar manfaatlaringiz yoki shaxsiy maʼlumotlar himoyalanishini talab qiluvchi asosiy huquq va erkinlaringizga to‘sqinlik qilmayotgan bo‘lsa.
Telegram — bu muloqot xizmatidir. Siz Telegram hisobini yaratish uchun mobil telefon raqamingiz va asosiy hisob maʼlumotlaringizni (unga profil ismi, profil rasmi va siz haqingizdagi maʼlumotlar kirishi mumkin) taqdim etasiz.
Kontaktlaringiz va boshqa odamlarga siz bilan bog‘lanish osonroq bo‘lishi va kimligingizni bilib olishlari uchun siz tanlangan chiqadigan ism, profil rasmi va foydalanuvchi nomingiz (agar siz uni o‘rnatadigan bo‘lsangiz) har doim ommaga ochiq bo‘ladi. Bizda haqiqiy ism, jins, yoshingiz yoki nimalarni yoqtirishingizni bilishni xohlamaymiz.
Biz chiqadigan ismingiz haqiqiy ismingiz boʻlishini talab qilmaymiz. Unutmang, sizni kontaktlarida saqlagan foydalanuvchilar sizni chiqadigan ismingiz bilan emas, balki siz ularda saqlangan ism bilan koʻradi. Shu tarzda onangiz sizga “Oyim” sifatida va ishda qoʻl ostidagi xodimlariga “Boshliq” sifatida (bu munosabatlar qanday tuzilganiga qarab) koʻringani bilan, “Johnny Depp” ommaviy ismiga ega boʻlishi mumkin.
Agar hisobingiz uchun ikki bosqichli tekshiruvni yoqsangiz yoki hujjatlaringizni Telegram Passport funksiyasi yordamida saqlasangiz, siz parolni tiklash uchun email manzilini sozlashingiz mumkin. Bu manzil faqat parolni unutib qoʻyganingizda sizga parolni tiklash kodini yuborish uchun ishlatiladi. Hammasi to‘g‘ri: hech qanday marketing yoki “biz sizni sog‘indik” kabi behuda xabarlar yuborilmaydi.
2022-yil sentabr oyidan boshlab login kodlarini SMS o‘rniga email orqali olish uchun (“Google orqali kirish” / “Apple orqali kirish” variantidan foydalanish imkoniyati bilan) baʼzi foydalanuvchilardan email manzilini so‘rashimiz mumkin bo‘ldi. Bu holatda, biz email manzilini olamiz, u parolni tiklash uchun email manzilidan alohida saqlanadi va hisobingizga kirishda faqat sizga autentifikatsiya kodlarini yuborish uchun ishlatiladi. Kirish uchun email manzili u o‘zgartirilguncha yoki hisob o‘chirib tashlanguncha saqlanadi.
Telegram — bu bulutli xizmatdir. Biz siz uchinchi tomon zaxira nusxalariga suyanmasdan, istalgan vaqtda istalgan qurilmangizdan maʼlumotlaringizga kira olishingiz uchun serverlarimizda bulutli chatlaringizdan xabar, rasm, video va hujjatlarni saqlaymiz. Barcha maʼlumotlar kuchli shifrlangan tarzda saqlanadi, har bir holatdagi shifrlash kalitlari esa turli yurisdiksiya hududlaridagi bir nechta boshqa data-markazda saqlanadi. Shunday qilib, mahalliy muhandislar yoki yovuz niyatli jismoniy shaxslar foydalanuvchi maʼlumotlariga kira olmaydi.
Maxfiy chatlar boshidan oxirigacha shifrlashdan foydalanadi. Bu barcha maʼlumotlar faqat siz va oluvchiga maʼlum bo‘lgan kalit yordamida shifrlanishini anglatadi. Na biz, na biron-bir boshqa shaxslar qurilmangizga bevosita kirishsiz ushbu xabarlarda qanday kontent yuborilayotganini bilib olish imkoniga ega bo‘lmaydi. Biz serverlarimizda maxfiy chatlaringizni saqlamaymiz. Shuningdek, biz maxfiy chatlar xabarlari jurnalini saqlamaymiz, shuning uchun qisqa vaqt oralig‘idan keyin bizga siz maxfiy chatda kimga yoki qachon xabar yuborganingiz nomaʼlumligicha qoladi. Aynan xuddi shu sabablar tufayli maxfiy chatlarga bulutda kirib boʻlmaydi — siz ushbu xabarlarga faqat ular yuborilgan qurilmadan yoki ular qabul qilingan qurilmadan kira olasiz.
Maxfiy chatlar orqali rasm, video yoki fayllarni yuborganingizda yuklashdan avval har bir element serverga maʼlum bo‘lmagan alohida kalit bilan shifrlanadi. Keyin ushbu kalit va faylning joylashuvi bu safar maxfiy chatning kaliti yordamida qayta shifrlanadi va oluvchingizga yuboriladi. So‘ngra u faylni yuklab olishi va shifrini yechishi mumkin. Bu fayl texnik jihatdan Telegram serverlaridan birida joylashganligini anglatadi, biroq u siz va oluvchidan tashqari barcha uchun tasodifiy shifrdan yechilmaydigan chiqindi uyumidek koʻrinadi. Biz bu tasodifiy maʼlumotlar nimani anglatishini bilmaymiz va biz ular qaysi muayyan chatga tegishli ekani haqidagi umuman tushunchaga ega emasmiz. Biz diskda joyni tejash uchun serverlarimizdan bunday tasodifiy maʼlumotlarni vaqti-vaqti bilan o‘chirib turamiz.
Shaxsiy xabarlardan tashqari, Telegram ommaviy kanallar va ommaviy guruhlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Barcha ommaviy chatlar bulutli chatlar hisoblanadi (yuqoridagi 3.3.1-bo‘limga qarang). Telegramdagi barcha maʼlumotlar kabi, siz ommaviy hamjamiyatlarda nashr qiluvchi maʼlumotlar saqlashda qanday bo‘lsa, uzatilishda ham xuddi shunday shifrlanadi, lekin siz ommaviy nashr qiluvchi barcha narsalarga har kim kira oladi.
Telegram SMS va boshqa xabarlashuv ilovalaridan o‘tishishingiz va ijtimoiy profilingizni saqlash oson bo‘lishi uchun unikal identifikatorlar sifatida telefon raqamlaridan foydalanadi. Biz kontaktlaringizni sinxronlashdan avval ruxsatingizni soʻraymiz.
Biz kontaktlaringizdan biri Telegramda ro‘yxatdan o‘tishi bilan sizga xabar yuborish va bildirishnomalarda ismlar to‘g‘ri aks ettirilishi uchun dolzarb kontaktlaringizni saqlaymiz. Buni bajarish uchun bizga faqat raqam va ism (ism va familiya) zarur bo‘ladi hamda biz kontaktlaringiz haqida hech qanday boshqa maʼlumotlarni saqlamaymiz.
Shuningdek, avtomatik algoritmlarimiz ro‘yxatdan o‘tmagan telefon raqami Telegramda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy kontaktlarning taxminiy sonini hisoblash uchun telefon raqamlarining anonimlashtirilgan to‘plamlaridan foydalanishi mumkin. “Tanishlarni taklif qilish” interfeysini ochganingizda biz siz Telegramga qoʻshilishdan kimlar eng koʻp manfaat olishi haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz uchun kontaktlaringiz yonida olingan statistikani aks ettiramiz.
Siz har doim kontaktlar sinxronizatsiyasini to‘xtatishingiz yoki ularni Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Maʼlumotlar sozlamalari menyusida serverlarimizdan o‘chirib tashlashingiz mumkin.
Agar Android tizimidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, Telegram sizdan telefon chaqiruvlari jurnaliga (READ_CALL_LOG) kirish ruxsatini berishni so‘raydi. Agar ushbu ruxsatni bersangiz, Telegram sizdan kodni kiritishni so‘rash o‘rniga telefon chaqiruvini amalga oshirib, hisobingizni tasdiqlay oladi. Telegram ushbu ruxsatdan chaqiruvlar jurnalida raqamni tekshirish yo‘li bilan tasdiqlovchi chaqiruv olinganini tasdiqlash uchun foydalanadi.
Agar chatda joylashuv ulashsangiz, ushbu joylashuv maʼlumotlari mos ravishda bulutli yoki maxfiy chatlardagi boshqa xabarlar kabi qayta ishlanadi.
Agar siz istalgan chatda Jonli joylashuvingizni ulashsangiz yoki Yaqin-atrofdagi odamlar bo‘limida “Meni koʻrinadigan qilish” funksiyasini yoqsangiz, Telegram siz joylashuvni ulashayotgan foydalanuvchilarga uning aks ettirilishi uchun maʼlumotlaringizdan hatto ilova yopilgan holda ham siz ushbu ixtiyoriy funksiyalarni faollashtirgan muddat davomida foydalanadi.
Biz faqat Xizmatlarimizning ishlashi va ularni Internetda taqdim etish uchun zarur cookie fayllardan foydalanamiz. Biz cookie fayllardan profillash yoki reklama uchun foydalanmaymiz. Biz foydalanadigan cookie fayllar — Xizmatlarimizni taqdim etish va ularni moslashtirish hamda bu bilan sizga yaxshilangan foydalanuvchi taassurotini taqdim etish imkonini beradigan kichik matnli fayllardir. Brauzeringiz ushbu cookie fayllarni nazorat qilish imkonini, jumladan, ularni qabul qilish yoki rad etish hamda ularni olib tashlash imkonini berishi kerak. Cookie fayllarni veb-brauzeringizda bloklashingiz mumkin, lekin agar ularni faolsizlantirsangiz, Telegram Webda hisobingizga kira olmaysiz.
Agar siz Birlashgan Qirollik yoki YIHH hududida Telegramda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, maʼlumotlaringiz Niderlandiyadagi data-markazlarda saqlanadi. Bular Telegram ajratilgan xotira joyini ijaraga oladigan uchinchi tomon taqdim etadigan data-markazlardir. Biroq shaxsiy maʼlumotlaringiz saqlanuvchi ushbu data-markazlar ichidagi serverlar va tarmoqlar Telegramga tegishlidir. Shunday qilib, biz shaxsiy maʼlumotlaringizni bunday data-markazlarga ulashmaymiz. Barcha maʼlumotlar kuchli shifrlangan tarzda saqlanadi, shuning uchun Telegramning mahalliy muhandislari yoki yovuz niyatli jismoniy shaxslar ularga kira olmaydi.
Maxfiy chatlaringizdan xabar, media va fayllaringiz (yuqoridagi 3.3.2-bo‘limga qarang), shuningdek, chaqiruvlar kontenti hamda siz Telegram Passportda saqlaydigan maʼlumotlaringiz faqat qurilmada va oluvchingiz qurilmasida qayta ishlanadi. Bu maʼlumotlar serverlarimizga tushishidan avval ular sizga va oluvchiga maʼlum bo‘lgan kalit bilan shifrlanadi. Telegram serverlari ushbu bevosita shifrlangan maʼlumotlarni oluvchiga yetkazishi yoki agar bular Telegram Passport maʼlumotlari boʻlsa, ularni saqlashiga qaramasdan, bizda haqiqiy maʼlumotlarni shifrdan yechish usullari yo‘q. Bu holatda biz shaxsiy maʼlumotlaringizni saqlamaymiz va ularni qayta ishlamaymiz, aksincha, bizda yo‘q bo‘lgan kalitlarsiz ahamiyat kasb etmaydigan belgilarning tasodifiy ketma-ketligini saqlaymiz va ularni qayta ishlaymiz.
Agar mazkur Maxfiylik siyosatida boshqacha tarzda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, siz bizga taqdim etadigan shaxsiy maʼlumotlar faqat Xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha majburiyatlarimizni bajarish uchun zarur boʻlgan muddatgacha saqlanadi.
Telegram — bu bulutli xizmatdir. Biz uchinchi tomon zaxira nusxalari yoki bulutli xotiralaridan foydalanishingizga zarurat qoldirmasdan bulutli chatlar tarixi, jumladan, xabarlar, media va fayllaringizni siz tanlagan istalgan qurilmaga yetkazish uchun maʼlumotlaringizni qayta ishlaymiz.
Telegram yirik hamjamiyatlarni dastaklaydi, biz ularni suiisteʼmol qilishlar va Xizmat shartlari buzilishlaridan himoyalashimiz kerak. Shuningdek, Telegramda 700 milliondan ortiq foydalanuvchi mavjud, bu uni spamerlar uchun jalb qiluvchi nishonga aylantiradi. Hisobingiz xavfsizligini oshirish hamda spam, suiisteʼmol qilishlar va Xizmat shartlarimizning boshqa buzilishlari oldini olish uchun biz IP manzilingiz, siz ishlatgan qurilmalar va Telegram ilovalari, foydalanuvchi nomini o‘zgartirishlar tarixi va boshqa shu kabi metamaʼlumotlarni olishimiz mumkin. Agar olinsa, ushbu metamaʼlumotlar maksimal 12 oy saqlanishi mumkin.
Fishing, spam va suiisteʼmol qilishlarning boshqa turlari hamda Telegram Xizmat shartlari buzilishlarining oldini olish uchun moderatorlarimiz ularga oluvchilar shikoyat qilgan xabarlarni tekshirishi mumkin. Agar moderatorlarimiz siz yuborgan xabarda spam mavjudligini tasdiqlasa, hisobingizga vaqtinchalik yoki butunlay notanish odamlar bilan aloqaga kirishish taqiqlanishi mumkin. Siz @Spambot orqali shikoyat yuborishingiz mumkin. Juda jiddiy qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda hisobingiz bloklanishi mumkin. Biz spam va fishingni to‘xtatish maqsadida bulutli chatlarda xabarlarni tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan algoritmlardan foydalanishimiz ham mumkin.
Shuningdek, biz barcha qurilmalaringizda ishlaydigan Telegram funksiyalarini (quyidagi 5.5-bo‘limga qarang) yaratish uchun baʼzi jamlangan metamaʼlumotlarni saqlashimiz mumkin.
Biz foydali funksiyalarni yaratish uchun Telegramdan qanday foydalanishingiz haqidagi baʼzi jamlangan maʼlumotlardan foydalanishimiz mumkin. Masalan, Qidiruv menyusini ochganingizda Telegram ekranning yuqori qismida siz katta ehtimollik bilan xabar yuborishingiz mumkin bo‘lgan odamlar aks ettiriladi. Buning uchun biz qaysi odamlar bilan tez-tez suhbatlashishingizni aks ettiradigan reytingni hisoblaymiz. Xuddi shunga o‘xshash reyting ilovaning biriktirmalar menyusida (yoki “@” belgisi bilan yangi xabarni yozishni boshlagan vaqtingizda) siz katta ehtimollik bilan foydalanadigan botlarni taklif qilishi uchun inlayn-botlar uchun hisoblanadi. Bu funksiyani faolsizlantirish yoki tegishli maʼlumotlarni o‘chirib tashlash uchun Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Maʼlumotlar sozlamalari menyusiga kiring va “Muntazam kontaktlar tavsiyasi” bandini faolsizlantiring.
Boshqa xizmatlardan farqli o‘laroq, biz maʼlumotlaringizdan reklamani targetlash yoki boshqa tijorat maqsadlari uchun foydalanmaymiz. Telegram faqat xavfsiz va funksiyalarga boy bulutli xizmat sifatida ishlashi uchun unga zarur bo‘lgan maʼlumotlarni saqlaydi.
Telegram reklama beruvchilarga “one-to-many” formatidagi ommaviy kanallarda ularning xabarlarini targʻib qilish uchun vosita taklif qiladi, lekin ushbu reklama xabarlari faqat ular namoyish qilinadigan ommaviy kanallar mavzusiga asoslanadi. Reklama va reklama xabarlarini namoyish qilish uchun hech qanday foydalanuvchi maʼlumotlari chiqarib olinmaydi va tahlil qilinmaydi.
Telegramda uchinchi tomon ishlab chiquvchilariga botlarni yaratish imkonini beruvchi API mavjud. Botlar — bu ilovalar bo‘lib, maxsus Telegram foydalanuvchilariga oʻxshaydi: siz ular bilan chatlar ro‘yxatida muloqot qilishingiz, ularni guruhlarga qo‘shishingiz yoki ularning funksiyalariga kirish uchun maxsus “inlayn” interfeysdan foydalanishingiz mumkin. Bu harakatlardan birortani bajarish orqali siz tegishli uchinchi tomon botlari ishlab chiqaruvchilariga ayrim maʼlumotlaringizni yuborasiz.
Siz ishlab chiquvchilarning botlari bilan munosabatga kirishib, ularga maʼlumotlarni quyidagi usullardan biri bilan yuborishingiz mumkin:
Yuqorida keltirilgan holatlardan birortasida avtomatlashtirilgan foydalanuvchi (bot) ishlab chiqaruvchilari ommaviy hisob maʼlumotlaringizni (yuqoridagi 3.1-bo‘limga qarang) olishlari mumkin: chiqadigan ism, foydalanuvchi ismi va profil rasmingiz (rasmlaringiz).
Botlar ular bilan munosabatga kirishganingizda quyidagi maʼlumotlarni ham olishlari mumkin.
O‘z botlarimizdan tashqari, hech qanday boshqa botlar yoki uchinchi tomon bot ishlab chiquvchilari Telegram bilan bog‘liq emas. Ular bizdan butkul mustaqil. Ular maʼlumotlaringizga kirish huquqini olishidan yoki ularga taqdim etilishidan avval sizdan ruxsat so‘rashi kerak.
Botlar uchun to‘lov platformasidan foydalanuvchilar Telegram 4.0 versiyasidan boshlab, foydalanishi mumkin. Telegram foydalanuvchilardan to‘lovni qayta ishlamaydi va buning oʻrniga butun dunyo bo‘ylab turli to‘lov provayderlariga suyanadi. Kredit karta maʼlumotlaringizni to‘lov xizmati provayderlari qayta ishlaydi va saqlaydi. Na Telegram, na platformadagi sotuvchilar (botlarning ishlab chiquvchilari) ushbu maʼlumotlarga kirish huquqiga ega emas. Biz to‘lov xizmati provayderlari bilan ishlashimizga qaramasdan, ular Telegramdan butkul mustaqil. Ularga maʼlumotlaringizni taqdim etishdan avval ularning tegishli maxfiylik siyosatlarini o‘rganib chiqing.
Xaridni amalga oshirayotganingiz siz to‘lovni qayta ishlovchi to‘lov xizmati provayderi tomonidan taqdim etilgan shaklga kredit kartangiz maʼlumotlarini kiritasiz va ushbu maʼlumotlar bevosita to‘lov xizmati provayderining serveriga kelib tushadi. Kredit kartangiz haqidagi maʼlumotlar hech qachon Telegram serverlariga kelib tushmaydi. Biz kredit kartangiz haqidagi maʼlumotlarga kirish huquqini olmaymiz va ularni saqlamaymiz. Kredit kartangiz haqidagi maʼlumotlarni saqlaganingizda ular mos to‘lov xizmati provayderining serverlarida saqlanadi va ushbu to‘lov xizmati provayderi Telegramga token taqdim etadi, undan siz kelajakda to‘lovlarni amalga oshirish uchun takroran foydalanishingiz mumkin. Tokendan kredit kartangiz haqidagi maʼlumotlarni tiklash imkoni yo‘q.
Buyurtma berish jarayonida yetkazib berish haqidagi maʼlumotlarni kiritganingizda biz uni bevosita savdo boti ishlab chiquvchisiga yuboramiz. Agar yetkazib berish maʼlumotlarini kelgusi xaridlar uchun saqlab qo‘yishga qaror qilsangiz, siz uchun ushbu maʼlumotlarni saqlab qo‘yishimiz mumkin. Agar bizdan ushbu maʼlumotlarni oʻchirib tashlashni soʻrasangiz, biz ularni darhol o‘chirib tashlaymiz.
Siz Telegramda Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Maʼlumotlar sozlamalari menyusiga kirib, “To‘lovlar va yetkazib berish haqidagi maʼlumotlarni tozalash” bandini tanlab, hisobingizga bog‘liq to‘lovlar haqidagi barcha maʼlumotlarni istalgan vaqtda o‘chirib tashlashingiz mumkin. Agar to‘lovlar haqidagi barcha maʼlumotlarni oʻchirib tashlashni tanlasangiz, biz barcha provayderlardan siz saqlagan yetkazib berish haqidagi maʼlumotlar va to‘lov tokenlarini oʻchirib tashlaymiz hamda to‘lov xizmati provayderlari o‘zlarida saqlovchi kredit kartangiz haqidagi maʼlumotlarni oʻchirib tashlashni ulardan soʻraymiz.
Telegram kredit karta haqidagi maʼlumotlari va tranzaksiya haqidagi axborotlarni saqlamasligi sababli biz shikoyatlar yoki keshbeklar bilan ishlash imkoniga ega emasmiz, har qanday bahsli to‘lovlar esa bot ishlab chiquvchilari, to‘lov xizmati provayderlari va ayirboshlashda ishtirok etgan banklarning majburiyatlariga taalluqli bo‘ladi.
Siz muloqot qilayotgan va muayyan maʼlumotlarni ulashayotgan, YIHHdan tashqarida joylashgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan Xizmatlarimizning boshqa foydalanuvchilari. Unutmang, Xizmat shartlariga rozilik bildirib va Telegramning shunday boshqa foydalanuvchilari bilan muloqot qilib, siz mazkur Maxfiylik siyosati bilan muvofiqlikda ushbu foydalanuvchilarga nomingizdan shaxsiy maʼlumotlaringizni uzatishga rozilik berasiz. Biz xavfga mos keluvchi shaxsiy maʼlumotlaringiz xavfsizlik darajasini taʼminlash uchun barcha muvofiq texnik va tashkiliy (jumladan, shaxsiy maʼlumotlaringizni shifrlash) choralarni koʻramiz.
Xizmatlarimizni taqdim etish, takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash uchun shaxsiy maʼlumotlaringizni quyidagilarga uzatishimiz mumkin: (1) Britaniya Virjin orollarida joylashgan bosh kompaniyamiz, Telegram Group Inc. kompaniyasiga, (2) guruh aʼzosi, Telegraph Inc. kompaniyasiga, u ham Britaniya Virjin orollarida joylashgan; va (3) guruh aʼzosi Telegram FZ-LLC kompaniyasiga, u Dubayda joylashgan. Biz ushbu shaxsiy maʼlumotlarning xavfsizligini va yaxlitligini himoyalash uchun muvofiq choralarni amalga oshiramiz. Bularning barchasi biz va guruhning tegishli kompaniyalari orasida kelishuvni taʼminlashda Yevropa komissiyasi tomonidan maʼqullangan standart shartlarga ega bo‘lgan shartnoma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Agar sizga ushbu shartlar yuzasidan batafsil axborot olishni xohlasangiz, yuqoridagi 1.4-bo‘limda keltirilgan maʼlumot yordamida YIHHdagi vakilimizga murojaat qiling.
Agar Telegram siz terroristik harakatlarni amalga oshirishda gumonlanayotganingizni tasdiqlovchi sud qarorini olsa, biz muvofiq organlarga IP manzilingiz va telefon raqamingizni oshkor qilishimiz mumkin. Hozirgi paytgacha bunday amaliyot qo‘llanilmagan. Agar bu sodir bo‘lsa, ushbu maʼlumotni https://t.me/transparency manzilida nashr qilinadigan yarim yillik shaffoflik to‘g‘risidagi hisobotga kiritamiz.
Foydalanuvchilar xabarlar bilan amallar menyusida “Tarjima qilish” tugmasini bosib, muayyan matnli xabarlarni boshqa tilga tarjima qilishlari mumkin (ushbu funksiyani yoqish uchun foydalanuvchi Telegram ilovasida avval Sozlamalar > Til bo‘limida Tarjima xizmatlarini yoqishi kerak bo‘ladi). Shuningdek, Telegram Premium foydalanuvchilari istalgan chat, guruh yoki kanalda real vaqt rejimida avtomatik tarjima qilishni ixtiyoriy tarzda yoqishlari mumkin.
Telegram uchinchi tomon, Alphabet Inc. shuʼba kompaniyasi Google LLC kompaniyasiga suyanishi mumkinligi sababli foydalanuvchi tarjima qilishni tanlagan xabarlar, har qanday xabarning matni yoki xabarlar to‘plamini avtomatik tarjima qilish maqsadida ularning tarjimasini olish uchun Google kompaniyasiga uzatilishi mumkin. Google faqat tarjima taqdim etish uchun maʼlumotlarga kirish huquqini oladi va ulardan Googleʼning biror boshqa mahsulotlari, xizmatlari yoki reklamasi uchun foydalanmaydi.
Baʼzi foydalanuvchilar muvofiq xabarlarda aks ettiriluvchi “Ovozni matnga aylantirish” (“-> A”) belgisini bosib, ovozli yoki videoxabarni matnga aylantirishi mumkin (ushbu funksiyadan foydalanish uchun foydalanuvchilar Telegram ilovasidagi Sozlamalar > Telegram Premium bo‘limida Telegram Premiumga obuna boʻlishlari kerak).
Telegram uchinchi tomon, Alphabet Inc. shuʼba kompaniyasi Google LLC kompaniyasiga suyanishi mumkinligi sababli foydalanuvchilar ovozli xabarlarni matnga, foydalanuvchilar matnga aylantirishni tanlagan ovozli va videoxabarlar audio maʼlumotlarining transkripsiya versiyalarini olish uchun Googleʼga uzatilishi mumkin. Bu maqsadda faqat audio maʼlumotlar uzatilishi mumkin (foydalanuvchining IP manzili kabi boshqa maʼlumotlar yoki uning hisobi haqidagi hech qanday maʼlumot uzatilmaydi). Telegram va Google o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, Telegram uning foydalanuvchilari nomidan transkripsiyalar uchun pul to‘laydi, Google esa faqat transkripsiya versiyani taqdim etish uchun audio maʼlumotlarga kirish huquqini oladi — u audio maʼlumotlarni yoki transkripsiyalarni qayd qilmaydi hamda Googleʼning har qanday boshqa mahsulotlari, xizmatlari yoki reklamasi uchun maʼlumotlardan foydalanmaydi.
Maʼlumotlarni himoyalash to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik bilan muvofiqlikda muayyan holatlarda shaxsiy maʼlumotlaringizga nisbatan huquqlarga egasiz. Siz quyidagi huquqlarga egasiz: (1) biz saqlaydigan barcha shaxsiy maʼlumotlaringizning nusxasini so‘rash va ushbu nusxani boshqa maʼlumotlar nazoratchisiga uzatish; (2) shaxsiy maʼlumotlaringizni o‘chirib tashlash (quyidagi 10-bo‘limga qarang) yoki ularga o‘zgartirish kiritish; (3) shaxsiy maʼlumotlaringiz qayta ishlanishini cheklash yoki bunga eʼtiroz bildirish; (4) biz siz haqingizda saqlaydigan har qanday noaniq yoki noto‘liq shaxsiy maʼlumotlarga tuzatish kiritish; va (5) shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashimiz yuzasidan maʼlumotlarni himoyalash bo‘yicha milliy organlarga shikoyat kiritish.
Agar siz ushbu huquqlarning birortasidan foydalanish istagida bo‘lsangiz, quyidagi 12-bo‘limda taqdim etilgan aloqa maʼlumotlaridan foydalaning.
Siz maʼlumotlaringizdan qanday foydalanilishini (masalan, sinxronlangan kontaktlarni o‘chirib tashlash) Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Maʼlumotlar sozlamalari ruknida (mobil ilovalarimizdan biridan foydalangan holda) nazorat qilishingiz mumkin.
Afsuski, agar sizni Telegramning minimal talablari qoniqtirmayotgan bo‘lsa, biz sizga Xizmatlarimizni taqdim etish imkoniga ega bo‘lmaymiz. Siz faolsizlantirish sahifasiga kirib, hisobingizni o‘chirib tashlashingiz mumkin.
Agar hisobingizni o‘chirib tashlashni xohlasangiz, siz buni faolsizlantirish sahifasida bajaringiz mumkin. Hisobingizni o‘chirib tashlaganingizda siz Telegram bulutida saqlaydigan barcha xabar, media, kontaktlar va boshqa maʼlumotlar o‘chirib tashlanadi. Bu amal Telegramdagi hisobingiz orqali tasdiqlanishi kerak va keyin bu amalni bekor qilish imkonsiz.
Maxfiy chatlardagi xabarlarni o‘chib ketadigan qilib sozlash mumkin. Bunday xabar o‘qilishi (2 ta belgi chiqishi) bilanoq teskari hisob boshlanadi. Taymer vaqti tugaganida maxfiy chatda ishtirok etayotgan ikkala qurilma xabarni (rasm, video va hokazolarni) o‘chirib tashlash buyrug‘ini oladi. Qisqa taymerli medialar (bir daqiqadan kam) xira prevyular bilan aks etadi. Taymer ular koʻrilishi bilanoq ishga tushadi.
Birlamchi sozlamalarda agar siz Telegramdan foydalanishni to‘xtatsangiz va kamida 6 oy mobaynida tarmoqqa kirmaydigan bo‘lsangiz, hisobingiz siz Telegram bulutida saqlaydigan barcha xabar, media, kontaktlar hamda barcha maʼlumotlar bilan birga o‘chirib tashlanadi. Nofaol hisobingiz avtomatik oʻchirib tashlanadigan aniq muddatni oʻzgartirish uchun Sozlamalarga kirishingiz mumkin.
Bu Maxfiylik siyosatini vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqamiz va yangilab borishimiz mumkin. Mazkur Maxfiylik siyosatiga kiritilgan har qanday o‘zgarishlar www.telegram.org/privacy manzilida qayta ko‘rib chiqilgan Maxfiylik siyosatini nashr qilganimizdan keyin kuchga kiradi. Maxfiylik siyosatimizdagi har qanday yangilanish yoki o‘zgarishlar bilan tanishib chiqish uchun veb-saytimizni muntazam tekshirib turing. Ularning qisqacha tavsifi quyida keltirilgan.
2019-yil 25-mart
2021-yil 24-mart
2021-yil 26-oktabr
2022-yil 19-iyun
2022-yil 8-sentabr
2022-yil 3-fevral
2023-yil 24-aprel
Bu Maxfiylik siyosatiga kiritilgan muhim o‘zgarishlar haqida Telegram orqali xabardor qilinasiz.
Agar sizda maxfiylik va maʼlumotlar siyosatiga oid biror savollar bo‘lsa, YIIHdagi vakilimiz, EDPO bilan https://edpo.com/gdpr-data-request/ manzili orqali bog‘laning yoki Avenue Huart Hamoir 71, 1030 Brussels, Belgium (Belgiya) manzili bo‘yicha murojaat qiling.
Telegram — bu ochiq kodli loyihadir. Batafsil axborot bilan quyidagi sahifalarimizda tanishishingiz mumkin: