Himoyalangan kontent, sana asosida oʻchirish, qurilmalar boshqaruvi va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Himoyalangan kontent, sana asosida oʻchirish, qurilmalar boshqaruvi va boshqalar

Bugungi yangilanishda guruh va kanallarda boshqalar kontentni saqlashining oldini olish uchun vositalar, muayyan vaqt muddatlaridagi xabarlarni oʻchirib tashlash imkoniyati, ulangan qurilmalaringizni boshqarishning yangi usullari, ommaviy guruhlarda kanalingiz nomidan anonim post qilish imkoniyati va boshqa yangiliklar taqdim etiladi.

Guruh va kanallarda himoyalangan kontent

Endi kontent yaratuvchilar materiallarini faqat ular tanlagan auditoriya koʻrishi uchun guruh va kanallaridan koʻchirishni taqiqlashi mumkin.

Buning uchun guruh va kanallar egalari xabarlarni uzatish imkoniyatini cheklashi mumkin. Agar uzatish cheklansa, foydalanuvchilar bevosita mediani saqlay olmaydi va skrinshot qila olmaydi.

Foydalanuvchilarning xabarlarni uzatish imkoniyatini oʻzgartirish uchun Guruh yoki Kanal haqida sahifasi > Guruh/Kanal turi > Uzatishni cheklash rukniga kiring.

Xabarlarni sana asosida oʻchirish

Telegram foydalanuvchilari oʻz yozishmalari tarixini toʻliq nazorat qila oladi va xabarlarni suhbatning boshqa ishtirokchilaridan izsiz oʻchirib tashlashi mumkin. Bugungi yangilanish biror shaxsiy chatda muayyan kun yoki vaqt oraligʻidagi xabarlar tarixini tozalab tashlash imkonini beradi.

Taqvimni ochish uchun chat boʻylab aylantirayotganingizda qalqib chiqadigan sana panelini bosing, keyin qaysi kunlarni tozalab tashlashni tanlang.

Muayyan sanalar uchun chat tarixini tozalash hozircha faqat yakkama-yakka chatlarda ishlaydi, lekin istalgan chatda xabarlarni yuborilganidan bir kun, bir hafta yoki bir oy keyin avtomatik oʻchirib tashlanadigan qilib sozlashingiz mumkin.

Ulangan qurilmalarni boshqarish

Telegramdan barcha qurilmalaringizda bir vaqtda foydalanishingiz mumkin. Qurilmalar menyusi hisobingizga qayerdan kirilganini boshqarish imkonini beradi. Desktop qurilmasini tez ulash uchun yangi tugma va muayyan vaqtdan keyin nofaol ilovalarda hisobdan avtomatik chiqish uchun sozlama kiritdik.

Roʻyxatdagi istalgan qurilmani bosib, u haqidagi axborotni koʻring va u chaqiruvlar yoki yangi maxfiy chatlarni qabul qila olishini boshqaring.

Telegram barcha platformalar uchun mavjud – boshqa qurilmalaringizda ilovani yuklab olish uchun telegram.org/apps sahifasiga kiring.

Ommaviy guruhlarda anonim post qilish

Ommaviy guruhlar va kanal fikrlari minglab aʼzolarga ega yirik hamjamiyatlarda istalgan mavzuda muhokama qilish imkonini beradi. Bu guruhlardan demokratiyani himoya qilishdan tortib muxlislar bilan suhbatlashishgacha barcha holatlar uchun foydalaniladi, shuning uchun ushbu chatlarda xabar yuborganda kanal sifatida koʻrinish imkoniyatini qoʻshdik.

Xabar paneli yonidagi profil rasmini bosing va kanallaringizdan birini tanlang, shundan keyin siz yuboradigan xabarlar shaxsiy hisobingiz oʻrniga kanal nomi va rasmi bilan koʻrinadi.

Kanalingiz nomidan post qilganda xabar bloklaringiz yuqori qismida kanal nomini koʻrasiz.

Chaqiruv orqali hisobga kirishning yangi usullari

Bugundan boshlab ayrim mobil qurilmalarda Telegramdan SMS orqali kodlarni olish oʻrniga login chaqiruvini qabul qilish va chaqiruv qilgan telefon raqamining bir nechta raqamini kiritish imkoniyati taklif qilinadi.

Qoʻshilish soʻrovlariga javoblar

Biror guruh yoki kanalga qoʻshilish soʻrovini yuborsangiz va uning admini xabar bilan javob bersa, chatning yuqori qismida uning guruhi yoki kanali nomini koʻrasiz.

Bu yangilanishdan boshlab bot adminlari admin boʻlgan chatlarida qoʻshilishni soʻrayotgan foydalanuvchilar bilan hatto foydalanuvchi oldin bot bilan muloqot qilmagan boʻlsa ham bogʻlanishi mumkin. Bu cheksiz imkoniyatlarni ochadi: qoʻshilishdan oldin shunchaki guruh chati qoidalarini qabul qilishdan tortib, sinov testidan oʻtish, kanal yaratuvchilariga kichik xayriya qilishgacha.

Android qurilmalarida global chat mavzulari

Sentabrdagi yangilanishimizda alohida chatlarga oʻrnatishingiz mumkin boʻlgan 8 ta yangi mavzu taqdim etilgan edi. Endi ulardan butun Android ilovasida foydalanish mumkin (iOS foydalanuvchilari bu imkoniyatga avvalgi yangilanishda ega boʻlgan edi).

Mavzu tanlash osonroq boʻlishi uchun “Chat sozlamalari” boʻlimini toʻliq qaytadan ishlab chiqdik. Yangi mavzular Telegram jamoasi dizaynerlari tomonidan yaratilgan, har bir mavzuning kunduzgi va tungi rejimlari mavjud, xabar bloklari uchun rangli gradiyentlar va unikal naqshlarga ega animatsiyali fonlardan foydalaniladi.

Yangi mavzularning istalgan elementini oʻz didingizga moslab oʻzgartirishingiz, masalan, boshqa ranglar yoki naqshlarni tanlashingiz mumkin. Kengaytirilgan sozlamalarni Koʻrinish > Mavzularga razm solish ruknida topishingiz mumkin.

iOS 13+ uchun matnni aniqlash

iOS 13+ tizimidagi qurilmalarda Telegram chatlaridagi rasmlar uchun Matnni aniqlash (Jonli matn) funksiyasi kiritildi. Bu sizga klaviaturangizga tegmasdan tez tanlash, nusxa olish va qidirish imkonini beradi. Bu rasmni aniqlash jarayoni faqat qurilmangizda xavfsiz tarzda amalga oshiriladi.

Qoʻllab-quvvatlanadigan tillar roʻyxati Apple tomonidan boshqariladi, shuning uchun tilingiz hali roʻyxatda boʻlmasa, kelgusi operatsion tizim yangilanishlarini kuzatib boring.

iOS ilovasida dizayni yangilangan Kontakt haqida sahifasi va matnni aniqlash imkoniyati

Biroz qalin yoki qiya qilish xabaringizga kerakli urgʻu berishi mumkin. Endi barcha matnni formatlash imkoniyatlaridan, jumladan, matn havolalaridan media izohlarida ham foydalanishingiz mumkin.

Bu imkoniyatni aynan iOS foydalanuvchilariga eʼlon qilayotganimizning sababi Android ilovasida allaqachon ushbu imkoniyat mavjud. 😉

iOS qurilmalarida yangilangan Kontakt haqida sahifasi

Foydalanuvchi, guruh va kanallar profillari iOS 15 standartlariga muvofiq yangilandi.

iOS qurilmalarida yangilangan Kontakt haqida sahifasi

Hozircha shular. Bizni kuzatib boring va ushbu yilda yana qanday yangiliklarni kiritishga ulgurishimizni birinchilardan boʻlib biling.


2021-yil, 7-dekabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

그룹내 주제 기능, 수집가능한 사용자명, 영상 메시지 음성 텍스트 변환 등

오늘 업데이트에서는 대형 그룹에서 토론을 관리할 수 있는 주제기능, 블록체인에서 보호되는 새로운 형태의 수집 가능한 사용자명, 영상 메시지를 텍스트로 변환할 수 있는 옵션 등을 소개합니다.
5-noy, 2022

무한 반응, 이모지 상태 등

텔레그램의 [기존 업데이트는 맞춤형 움직이는 이모지를 만들기 위한 오픈 플랫폼을 추가하여 이모지에 혁명을 일으켰습니다. 이번 업데이트에서는 무한반응 및 이모지 상태를 통해 새로운 이모지를 사용하여 내 기분을 표현할 수 있는 다양한 방법을 제공합니다.
16-sen, 2022

텔레그램 이모지 플랫폼, 맞춤 움직이는 이모지, 텔레그램 프리미엄 선물하기 등

이번 여름, 텔레그램이 활성사용자 7억명을 돌파하며, 추가적인 독점 기능들에 접근 가능하고 누구나 텔레그램 발전지원을 할 수 있는 텔레그램 프리미엄을 소개했습니다. 오늘 업데이트에는 메시지와 자막에 사용가능한 텔레그램 이모지 플랫폼과 맞춤 움직이는…
12-avg, 2022

7억명 사용자와 텔레그램 프리미엄

텔레그램은 7억명 이상의 월 활성 사용자를 확보하며, 2022년도에 전 세계에서 다운로드 수가 많은 상위 5위 앱이 되었습니다. 이 성장은 온전히 개인 추천으로 이뤄냈습니다 - 아시다시피, 텔레그램은 유료 앱 홍보를 하지 않기 떄문입니다.
21-iyn, 2022