1000 tagacha tomoshabin bilan video chaqiruvlar, video ijro tezligi, videoxabarlar 2.0 va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
1000 tagacha tomoshabin bilan video chaqiruvlar, video ijro tezligi, videoxabarlar 2.0 va boshqalar

Guruhli video chaqiruvlar endi 1000 tagacha tomoshabinga ega boʻlishi mumkin. Telegramning yangi versiyasida videolavhalarni tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan rejimda tomosha qilish mumkin. Videoxabarlar uchun tasvir sifati va aniqlik darajasi oshirildi hamda videoni chatning butun eniga kengaytirish imkoniyati yaratildi. Ikkita foydalanuvchi oʻrtasidagi video chaqiruvlarda ekranni translatsiya qilish mumkin boʻldi, bundan tashqari, istalgan chaqiruvda ekran translatsiyasi paytida qurilma tovushi uzatiladi.

Guruhli videochaqiruvlar 2.0

Videokonferensiyalar rejimida 30 tagacha foydalanuvchiga kamera va ekranidan video translatsiya qilish imkonini beradi. Bugundan boshlab videokonferensiyalarda 1000 tagacha tomoshabin onlayn leksiyalar, konsertlar, debatlar va boshqalarni tomosha qilishi mumkin.

Tez oradagi yangilanishlarning birida tomoshabinlar soni limiti olib tashlanadi.

Guruhli video chaqiruvni boshlash uchun siz admini hisoblangan istalgan guruh axborot sahifasidan (Android qurilmasida ⋮ menyusida) ovozli chat yarating, keyin videoni yoqing.

Videoxabarlar 2.0

Videoxabarlar galereyada ortiqcha videolavhalarni saqlamagan holda atrofda nima yuz berayotganini tezda ulashish imkonini beradi. Bugundan boshlab videoxabarlarda tasvir sifati va aniqlik darajasi yaxshilandi. Agar qabul qilingan xabarni bosilsa, u butun ekranga kengayadi.

Videoxabar bosilsa, u pauzalanadi hamda orqaga qaytarish va oldinga surish tugmalari ochiladi – shuning uchun agar biror narsani oʻtkazib yuborsangiz yoki eshitmay qolgan boʻlsangiz, videoni toʻliq tomosha qilishingiz shart emas.

Kiritish maydoni yonidagi tugmani qisqa bosilsa, audioxabarlar (mikrofon belgisi) va videoxabarlar (kamera belgisi) oʻrtasida almashtiriladi. Videoxabar yuborish uchun video rejimiga almashtiring va kamera belgisini barmogʻingiz bilan bosib turing.

Bundan tashqari, qurilmangizda ijro etilayotgan musiqa videoxabar yozish paytida ham ijro etishda davom etadi, orqa kameradan yozish paytida esa siz ikki barmoq bilan chimdish orqali tasvirni kattalashtirish mumkin.

Video ijro tezligi

Yangilangan videopleyerda 0.5, 1.5 yoki 2x ijro tezligini tanlab, videolavhalarni tezlashtirish yoki sekinlashtirish mumkin. Android qurilmasida 0.2x tezlik ham dastaklanadi, bu kolibri parvozini tomosha qilish uchun juda mos.

Video ijro tezligini oʻzgartirish uchun videoni butun ekranda tomosha qilayotganingizda Android qurilmasida ⋮ yoki iOS qurilmasida ⋯ belgisini bosing.

Android qurilmasida ovozli xabar va videoxabar ijro etayotganda 0.5x, 1x, 1.5x va 2x ijro tezligi orasida almashtirish uchun 2X tugmasini bosib turishingiz ham mumkin.

Vaqt belgisi havolalari

2019-yildan buyon Telegram videolavhadagi muayyan kadrga havolani dastaklamoqda: video izohida biror vaqtni (masalan, 0:30) koʻrsatishingiz mumkin va belgini bosganingizda videolavha belgilangan vaqtdan boshlab ijro etiladi. Belgilashlar, shuningdek, video yoki YouTube havolasi boʻlgan xabarlarga javoblarda ham ishlaydi.

Tovushli ekran translatsiyasi

Yangi versiyada siz ekranni guruhli video chaqiruvlarda ham, ikki foydalanuvchi oʻrtasidagi chaqiruvlarda ham translatsiya qilishingiz mumkin. Bunda nafaqat tasvir, balki qurilmangizdagi tovush ham translatsiya qilinadi.

Chaqiruv va guruhli chaqiruvlarda kamera yoqilganida, video manbasini tanlash osonlashdi – video eskizi esa hammasi joyida ekanligiga ishonch hosil qilishda yordam beradi.

Chaqiruv paytida ekraningizni ulashish uchun kamera tugmasini bosing va video manbasi sifatida ekraningizni tanlang.

Bir oydan keyin avtomatik oʻchirish

Chatlardagi xabarlarda avtomatik oʻchirish taymerini endi 1 kun va 1 haftaga qoʻshimcha sifatida 1 oyga oʻrnatish mumkin.

Bir oydan keyin avtomatik oʻchirish

Android qurilmasida taymerni yoqish uchun, ⋮ > Tarixni tozalash bandini bosing, keyin davomiylikni tanlang. iOS qurilmasida xabarni bosib turin, Tanlash > Chatni tozalash (yuqori chap) > Avtomatik oʻchirish bandini bosing.

Yuqori aniqlikda chizish

Multimedia muharririda yuborishdan oldin rasmlarga chizma, matn yoki stiker qoʻshish mumkin. Kichikroq detallarni chizish osonroq boʻlishi uchun endi masshtabni oʻzgartirganda moʻyqalam oʻlchami ham oʻzgaradi.

Moʻyqalam oʻlchamini oddiy usulda oʻzgartirishingiz ham mumkin: rang tanlashda koʻrsatkichni yuqoriga torting.

Telegram Desktop ilovasida ham rasmlar muharriri paydo boʻldi: rasmlar yoki skrinshotlarni yuborishdan oldin qirqish, burish yoki akslantirish, unga chizma yoki stiker qoʻshish mumkin. Tahrirlangan versiyasini fayl sifatida hajmini kichraytirmasdan yuborishingiz mumkin – buning uchun yuborishdan oldin Rasmlar hajmini kichraytirish parametridan belgini oling.

Kirish kodi animatsiyalari

Yangi animatsiyalar kirish kodiga ega interfeyslarni yanada tezlashtirdi. Agar animatsiyali fondan foydalanayotgan boʻlsangiz, u kirish kodli ekran qulfida ham aks ettiriladi.

Parolni tiklash va eslatmalar

Sozlamalardagi yangi bildirishnomalar ikki bosqichli tekshiruv uchun parolingiz aniq yodingizda ekanini tekshirish imkonini beradi.

2 bosqichli tekshiruv parolingiz yodingizdaligini tekshiring

Telegram hisobingizga kirish imkoni boʻlgan vaqtda hatto parolingizni unutgan va tiklash uchun email manzilini kiritmagan boʻlsangiz ham parolni oʻzgartirishingiz mumkin. Parolni asliga qaytarish jarayoniga 7 kun ketadi – bu muddat davomida istalgan qurilmangizdan amalni bekor qilishingiz mumkin.

Android qurilmalarida xabarlarni yuborish animatsiyalari

Emoji va stikerlar kabi, matnli xabarlar yengil animatsiyalarga ega – Yuborish tugmasini bosganingizda, matningiz chatga uchganida ravon xabarga aylanadi. iOS foydalanuvchilari ushbu energiya tejamkor animatsiyalarni avvalgi yangilanishda oldi.

iOS qurilmalarida yangi ilova ichidagi kamera

Endi qurilmangiz masshtablash funksiyasiga ega boʻlsa, 0.5x dan 2x gacha yaqinlashtirish darajasini tanlashingiz mumkin. Masshtabni yanada aniqroq boshqarish uchun yaqinlashtirish tugmasini bosib turing – qoʻshimcha sozlash vositasi chiqadi.

Ilova ichidagi kameradan foydalanish uchun xabar panelidagi 📎 belgisini bosing va keyin biriktirmalar menyusida kamera boʻlimini tanlang.

iOS uchun boshqa yangiliklar

Xabarlarni uzatishda “Tanlash” tugmasini bosish va xabarni birdaniga bir nechta oluvchiga yuborish mumkin – masalan, biror memni barcha tanishlaringizga tezda ulashishingiz mumkin.

TITLE

Bir nechta chatni belgilash uchun (masalan, arxivlash yoki oʻchirish uchun) chatlar roʻyxati boʻylab ikki barmogʻingiz bilan aylantiring.

Guruh chatida yozishmalar tarixini aylantirayotganingizda, qulaylik uchun foydalanuvchilar rasmlari har doim xabarlar yonida koʻrinadi.

Yangi animatsiyali emojilar

Hech qaysi Telegram yangilanish yangi animatsiyali emojilarsiz toʻliq boʻlmaydi. Doimgidek, quyidagilardan birini chatda olish uchun bitta emoji bilan xabar yuboring:

Buguncha shular. Keyingi yangilanish ustida 2X tezlikda ishlamoqdamiz.


2021-yil, 30-iyul
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

استوری‌های گروه و ۸ قابلیت دیگر

تلگرام، با ۹ قابلیت جدید، مکالمات درون گروه‌ها را وارد مرحله جدیدی می‌کند و معنای ارتباط چند به چند را تغییر می‌دهد. از این پس، گروه‌ها می‌توانند استوری منتشر کنند و آن‌ها را به عنوان…
29-fev, 2024

پیام‌های ذخیره شده 2.0، پیام‌های صوتی یک بار پخش‌شونده و ۸ قابلیت دیگر

۱۰ قابلیت جدید به تلگرام اضافه کردیم که شامل پیام‌های ذخیره شده‌ی ارتقا یافته، پیام‌های صوتی و ویدیویی یک بار مصرف که پس از پخش حذف می‌شوند،…
31-yan, 2024

تماس‌های ارتقا یافته، جلوه‌ی تانوس و ربات‌های بهتر

در دهمین به‌روزرسانی سال ۲۰۲۳، تماس‌ها با افزایش عملکرد و کاهش میزان مصرف باتری بهبود یافته، جلوه‌ی جدیدی برای حذف پیام‌ها و چندین مورد…
31-dek, 2023

ظاهر کانال، پست در استوری و موارد دیگر

در به‌روزرسانی کریسمس تلگرام، قابلیت تنظیم پس‌زمینه، اموجی وضعیت و لوگوی پروفایل برای کانال‌ها نیز فعال شده، کاربران می‌توانند پست‌های کانال‌ها را در استوری بازنشر کرده و امکان هدیه…
23-dek, 2023