Sahifani tasdiqlash koʻrsatmalari

Tasdiqlash

Telegram jamoasi odatda quyidagi xizmatlarning kamida ikkitasida tasdiqlangan hisoblari boʻlgan faol rasmiy kanallar, botlar yoki ommaviy guruhlarni tasdiqlaydi:

  1. TikTok
  2. Instagram
  3. Facebook
  4. YouTube
  5. Twitter
  6. VK
  7. Snapchat

Bu xizmatlarda Telegram kanalingiz sizga tegishliligini tasdiqlashimiz uchun ulardagi profilingizga kanalingizni biriktiring. Buni amalga oshirgach, tasdiqlash uchun @VerifyBot botiga murojaat qiling.

Agar ushbu xizmatlarning ikkitasida tasdiqlangan hisobim boʻlmasa, nima qilishim kerak?

Agar Wikipedia Ensiklopedik ahamiyat qoidalariga muvofiq keluvchi Wikipedia saytida bahssiz sahifangiz boʻlsa va ushbu sahifada Telegramdagi kanal, bot yoki ommaviy guruhingizga havola berilsa, u yetishmayotgan tasdiqlangan hisoblardan biri sifatida hisobga olinishi mumkin.

Tashkilotlar holatida tashkilotning rasmiy saytidan Telegram kanalga havola ham hisobga olinishi mumkin. Bot ijtimoiy tarmoqlar havolalarini tekshirgach, qoʻshimcha maʼlumotlar va fikrlarni yuborishni taklif qiladi.

Agar ijtimoiy tarmoqlar hisoblaridan birining oʻrniga Wikipedia yoki rasmiy veb-sayt havolasidan foydalanayotgan boʻlsangiz, ularda siz Telegramda tasdiqlamoqchi boʻlgan kanal, guruh yoki botga havola mavjud ekanligiga ishonch hosil qiling.

Foydalanuvchi hisobim tasdiqlanishi mumkinmi?

Afsuski, Telegram hozircha foydalanuvchilar hisoblarini tasdiqlamaydi. Faqat yirik va faol rasmiy kanallar, guruhlar va botlar tasdiqlanishi mumkin.

Menga tasdiqlash kerakmi?

Unutmang, tasdiqlash Telegramda qoʻshimcha imkoniyatlarni taqdim etmaydi – bu shunchaki kanal, guruh yoki botingiz rasmiy ekanligini tasdiqlash yoʻllaridan biridir. Rasmiy sayt yoki boshqa rasmiy hisoblaringizda Telegramga havola berish orqali oʻxshash natijaga erishish mumkin.

Tasdiqlashdan keyin nom yoki qisqa havolani qanday oʻzgartiraman?

Tasdiqlangan kanal, guruh yoki bot oʻzining nomi yoki qisqa havolasini (t.me/…) oʻzgartira olmaydi. Agar oʻzgartirish zarur boʻlsa, avval tasdiqni olib tashlashingiz mumkin. @VerifyBot botiga murojaat qiling va /unverify buyrugʻini yuboring. Keyin bot yordamida tasdiqlashni qayta olishingiz mumkin.