Xabarlarni avtomatik oʻchirish, vidjetlar va vaqtincha taklif havolalari

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Avtomatik oʻchirish, vidjetlar va vaqtincha taklif havolalari

Yangi versiyada istalgan chatda xabarlarni avtomatik oʻchirish uchun sozlamalar qoʻshildi, guruh va kanallar uchun taklif havolalari yaxshilandi, bosh ekrandagi vidjetlar orqali chatlarga tezroq kirish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, guruhlar endi cheklanmagan sondagi aʼzolarga ega boʻlishi mumkin.

Xabarlarni avtomatik oʻchirish

Telegramda yozishmalaringiz qancha muddat saqlanishi kerakligini faqat siz hal qilasiz va istalgan paytda xabarlarni barcha aʼzolar uchun oʻchirib tashlashingiz mumkin. 2013-yildan buyon maxfiy chatlarda xabarlarni avtomatik oʻchirish uchun taymer ham mavjud.

Bugundan boshlab barcha Telegram chatlarida avtomatik oʻchirish taymerini yoqishingiz mumkin. Bu funksiya barcha aʼzolar uchun xabarlarni yuborilganidan 24 soat yoki 7 kun keyin avtomatik ravishda oʻchirib tashlash imkonini beradi.

Avtomatik oʻchirish faqat taymer oʻrnatilganidan keyin yuborilgan xabarlarga tatbiq qilinadi, avvalgi xabarlar chat tarixida qoladi. Maxfiy chatlardan farqli ravishda, taymer xabarlar oʻqilganida emas, yuborilganida ishga tushadi.

Android qurilmasida taymerni yoqish uchun ⋮ > Tarixni tozalash bandini bosing va vaqtni tanlang.
iOS qurilmasida istalgan xabarni bosib turing, Tanlash > ekranning yuqori chap burchagida “Chatni tozalash” > Avtomatik oʻchirishni yoqish bandini bosing.

Har bir xabarning oʻchirilishiga qancha vaqt qolganligini tekshirishingiz 🕵️ mumkin: buning uchun Android qurilmasida xabar ustiga bosing yoki iOS qurilmasida uni bosib turing.

Eskirishgacha qolgan vaqt

Guruh va kanallarda faqat administratorlar taymerni yoqishi yoki oʻzgartirishi mumkin.

Bosh ekran vidjetlari

Eng muhim chatlaringizga tez kirish uchun bosh ekraningizga Telegram vidjetini qoʻshishingiz mumkin. Chatlar vidjeti tanlangan chatlardagi oxirgi xabarlarni, yorliqlar vidjeti esa faqat ismlar va profil rasmlarini koʻrsatadi.

Android qurilmalarida vidjetdagi chat va xabarlar har doim yangilangan holatda boʻladi va ekraningizda koʻproq joyni egallashi uchun vidjetni kengaytirishingiz mumkin. iOS qurilmalarida tizim cheklovlari sababli vidjetlar yangi maʼlumotlarni vaqti-vaqti bilan oladi va ularni kengaytirib boʻlmaydi.

Vidjetni qoʻshish uchun bosh ekraningizda barmogʻingizni bosib turing, keyin Telegramni qidirish uchun Android qurilmasida “Vidjetlar”ni bosing yoki iOS qurilmasida (+) belgisini bosing.

Vaqtincha taklif havolalari

Taklif havolalari guruh va kanallaringizga bir yoki minglab kishi boʻlsin, yangi aʼzolarni chaqirishning tez va oson yoʻli hisoblanadi. Endi asosiy taklif havolasi bilan birga ega va administratorlar qoʻshimcha havolalar yaratishi va ular uchun amal qilish muddati, foydalanishlar sonini yoki har ikkala parametrni cheklashi mumkin.

Istalgan taklif havolasini broshyuralardan tortib reklama shitlarigacha joylash qulay boʻlgan skanerlanadigan QR kodga aylantirish mumkin. Yangi aʼzolar qayerdan kelganligini yoki qaysi format oʻsish 🚀 uchun eng samarali boʻlganligini bilish uchun har bir taklif havolasi yordamida qaysi foydalanuvchilar qoʻshilganligini ham koʻrishingiz mumkin.

Taklif havolasini koʻrish va boshqarish uchun Guruh yoki kanalingiz profilini oching > Tahrirlash > Taklif havolalari rukniga kiring. Havolani QR kodga aylantirish uchun (⋮) yoki (⋯) belgisini bosing.

Cheklanmagan aʼzolarga ega guruhlar

Telegram guruhlari xabar, multimedia va stikerlarni almashish uchun 200 000 gacha aʼzoga ega boʻlish imkonini beradi. Cheklovga yaqinlashgan guruhlar endi cheklanmagan sondagi aʼzolarga ega boʻlish imkonini beruvchi translatsiya guruhlariga aylantirishi mumkin.

Translatsiya guruhiga aylantirilganida faqat administratorlar xabar yubora oladigan boʻladi, lekin aʼzolar ovozli chatlarga qoʻshilishi mumkin.

Translatsiya guruhlari, ayniqsa, administratorlar boshqa aʼzolar uchun yangiliklar, sharhlar yoki insaydlarni post qiladigan katta hamjamiyatlarga mos keladi.

Yaxshilangan chatlar importi

Dasturchilarimiz Telegramga oʻtgan oyda qoʻshilgan chatlarni import qilish funksiyasini yaxshilash va kengaytirishda davom etmoqda. Bugungi yangilanish bilan import qilingan xabarlar endi 1000 ta dan ortiq xabariga ega Telegram chatiga qoʻshilganida asl sanasi bilan birga chiqadi.

Asl sanasi asosida saralash hozircha faqat barcha yakkama-yakka chatlar, barcha yangi yaratilgan guruhlar va kichikroq mavjud guruhlarga import qilinganida ishlaydi.

Shikoyatlarni yuborish tizimida yangilanish

Telegram moderatorlari har oy millionlab ommaviy materiallar ustidan shikoyatlarni koʻrib chiqadi. Tekshiruvni tezlashtirish uchun endi ilova sizdan shikoyatni yuborish paytida har doim zarur xabarlarni belgilashni soʻraydi.

Shu bilan birga, tanlangan shikoyat sababidan qatʼi nazar soxta hisoblarni xabar qilishdagi kabi qoʻshimcha fikr bildirish imkonini beruvchi shakl paydo boʻladi.

Yana boshqa animatsiyali emojilar

Biz har bir yangilanishda yangi animatsiyali emojilarni qoʻshishda davom etamiz. Istalgan chatda bitta emojini yuborish orqali quyidagi yangi qahramonlarni sinab koʻring.

Bugungi barcha yangiliklar shular, yangilanishlarni kuzatib boring.


2021-yil, 23-fevral
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

Гісторыі ў суполках і яшчэ 8 магчымасцей

Telegram выводзіць камунікацыю ў суполках на новы ўзровень — з 9 новымі магчымасцямі. Цяпер суполкі могуць размяшчаць гісторыі і захоўваць іх як допісы на сваёй старонцы профілю. Можна…
29-fev, 2024

Захаваныя паведамленні 2.0, аднаразовыя галасавыя і відэапаведамленні, і яшчэ 8 новых магчымасцей

На працягу студзеня мы дадалі 10 новых магчымасцей у Telegram – сярод якіх палепшаныя захаваныя…
31-yan, 2024

Палепшаныя выклікі, эфект распылення і новы функцыянал ботаў

Дзясятае абнаўленне Telegram у 2023 дадае абноўленыя выклікі з лепшай прадукцыйнасцю і меншым спажываннем зараду батарэі, новы эфект распылення…
31-dek, 2023

Налады выгляду каналаў, адпраўка допісаў у гісторыях і шмат чаго яшчэ

З сённяшнім абнаўленнем любы карыстальнік зможа апублікоўваць допісы з каналаў як гісторыі, каналы атрымаюць пашыраныя налады выгляду,…
23-dek, 2023